Xitoy davlat sog’liqni saqlash qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra , koronavirusning yangi turini yuqtirganlarning 76 foizdan ko’prog’i davolangan va bo’shatilgan. Hozirgi kunda shifoxonalarda 16 mingga yaqin bemor mavjud deyilmoqda.

koronavirus xitoy
Foto: Ren tv

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, materik Xitoyda tasdiqlangan koronavirus infeksiyasi holatlari soni 80,778 ga yetdi, ulardan 61,475 tasi davolandi va kasalxonadan chiqarildi, bu umumiy holatlarning 76,1% ini tashkil qiladi.

Hozirgi kunda 16,145 kishi kasalxonalarda qolmoqda, ularning 4,492 nafari og’ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Umumiy olganda, epidemiya 3158 kishining hayotiga zomin bo’ldi, mamlakatda o’rtacha o’lim darajasi 3,9% ni tashkil qildi.

So’ngi paytlarda Xitoyda epidemiologik vaziyat yaxshilanmoqda, o’tgan kun davomida mamlakat bo’ylab atigi 24 ta yangi yuqtirish holatlari aniqlandi, ulardan 10 ta holat boshqa mamlakatlardan kelganlarda aniqlangan, yana 13 tasi Xubey provinsiyasida qayd etildi.