Britaniya fuqarosi boloxonada Xitoyning Syanlun imperatori hukmronligi davriga oid choynakni topib oldi. U “Hansons Auctioneer” auksionida 495 ming AQSh dollariga sotildi, deb yozadi UPI nashri.

Foto: Hansons Auctioneers/Instagram

Sobiq egasining so‘zlariga ko‘ra, idishni bobosi Ikkinchi jahon urushi davrida Osiyodan Buyuk Britaniyaga olib kelgan.

U bobosidan qolgan yodgorlikni antiqa buyumlar do‘koniga sotmoqchi bo‘lgani, lekin ekspert bilan maslahatlashishga qaror qilganini tan oldi.

Idishning boshlang‘ich narxi 50 ming dollar bo‘lgan. Biroq sakkiz nafar xaridor o‘zaro talashaverib, narxni tinmay ko‘tarishi natijasida qariyb o‘n barobar qimmatga sotildi.

Uni nomi sir saqlanayotgan londonlik auksion ishtirokchisi xarid qilgan.

Mavzuga doir:
“Yura davriga sayohat”: AQShda bahaybat dinozavr skeleti sotuvga qo‘yildi
Auksionda mashhur reperning plastik toji salkam 600 ming dollarga sotildi