O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish maqsadida 23-sentabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaga jo‘natilgan edi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi xabariga ko’ra, ayni damda 750 nafar fuqarolarimizni olib qaytayotgan ushbu avtobuslar rejaga ko‘ra 27 sentyabr kuni O‘zbekistonga kirib keladi.

Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan bugun navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiyaning Samara viloyati tomon yo‘lga chiqqan.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog‘iston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Mavzuga doir:
Maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin yurtdoshimiz Rossiyadan olib kelindi