Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6066-son, 22.09.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: RIA Novosti

Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda, qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

Farmonga ko‘ra, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.

Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi.

Mavzuga doir:
Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etiladi
2030-yilgacha biometrik pasport o‘rniga ID-kartalar joriy etiladi