Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyaga Samarqand viloyati, Tayloq tumanida yashovchi fuqaro D.S murojaat qildi. Bu haqida IIV Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xalq so’zi

2009 yilda RFning Leningrad viloyati Vsevolojsk shahriga borib, u yerda Tojikiston Respublikasi fuqarosi X.S. bilan tanishib, u bilan fuqarolik niqohi bilan yashab yurgan vaqtida 3 nafar farzandli bo‘lganligi, 2020 yil yanvar oyining boshida X.S Rossiya Federatsiyasida bo‘lish qoidasini buzganligi uchun o‘z vataniga majburiy tartibda chiqarib yuborilganligi sababli, D.S farzandlari bilan ijtimoiy og‘ir ahvolda qolganligi, doimiy yashash joyga ega bo‘lmaganligi hamda 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan O‘zbekiston Respublikasiga qaytishi uchun qo‘maklashishda yordam so‘ragan.

Murojaat bo‘yicha Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi, Samarqand viloyati hududiy komissiyasi mas’ul xodimlari tomonidan zudlik bilan choralar ko‘rilib, Respublika “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkilotining bevosita qo‘magida, Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda joriy yilning 6 mart kuni D.S va uning 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari sog‘ omon O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.

Mazkur oila Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Samarqand xalqaro aeroportida kutib olinib, D.S.ning aniq yashash manzili bo‘lmaganligi va ijtimoiy yordamga muhtojligi sababli, ayollar uchun reabilitasiya markaziga joylashtirilib, hozirda ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilib, normal hayot tarziga qaytarish hamda yashash joyi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.