Qirolicha Yelizaveta II ning nabirasi malika Yevgeniya va uning turmush o’rtog’i Jek Bruksbenk farzand kutmoqda, bola kelasi yil dunyoga keladi, deb xabar berdi qirol oilasi matbuot xizmatiga tayanib RIA Novosti.

Foto: RIA Novosti

“Malika Yevgeniya va janob Jek Bruksbenk kelasi yil boshiga farzand kutayotganlarini mamnuniyat bilan e’lon qilishmoqda. York gersogi va gersoginyasi, janob va xonim Jorj Bruksbenk, Edinburg qirolichasi va gersogi bu yangilikdan mamnun”,– dedi Bukingem saroyi vakillari.

30 yoshli malika Instagram’dagi postida ham o’zining “qiziqarli holatini” tasdiqlagan.

“Jek va men 2021-yil boshini kutmoqdamiz”, – deb tan olgan u yumshoq bolalar oyoq kiyim fotosuratini joylashtirib.

Malika Yevgeniya va Jek Bruksben 2011-yilda uchrashishni boshlashgan va ularning to’ylari 2018-yil oktabr oyida bo’lib o’tgan.

Mavzuga doir:
Britaniyada o‘g‘rini eshik ushlab berdi
Britaniyada ketma-ket koronavirus bo’yicha rekordlar yangilanmoqda