Qo‘shma shtatlarda yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda 55 ming kishiga ko‘paydi, deya xabar berdi Jon Xopkins universiteti.

Foto: RBK

Muassasaning ma’lum qilishicha, o‘tgan 24 soat ichida AQShda 55 054 ta yangi COVID-19 holati va bemorlar orasida 952 ta o‘lim holati qayd etildi.

Bir kun avval esa 44 110 kishi kasallanib, 914 kishi vafot etgan.

Universitetning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davomida AQShda jami 7 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lib, 203 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir:
Amerikani ochgan Kolumbning 30 dan ortiq haykali yakson qilindi
Tramp saylovlarda mag‘lubiyatga uchrasa, natijani tan olmoqchi emas
Kaliforniyada ham benzinli avtomobillarni sotish taqiqlanmoqda

Jon Xopkins universiteti hisob-kitoblariga qaraganda, dunyo bo‘yicha 32,5 million kishi koronavirusga chalingan, 989 ming kishi COVID-19 tufayli vafot etgan, 22,5 million kishi tuzalgan.