Bugun, 26-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 819 (+159) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 149 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 452 (+1) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

  • Toshkent shahrida 214 nafar,
  • Toshkent viloyatida 108 nafar,
  • Andijon viloyatida 16 nafar,
  • Jizzax viloyatida 16 nafar,
  • Samarqand viloyatida 10 nafar
  • Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 51 322 (+368) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 3045 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.