OITS kasalligi bilan ro‘yxatda turadigan shaxslarda koronavirus kasalligi qanday kechadi? Ushbu savolga koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi.

Foto: News

OIV infeksiyasi mavjud bo‘lgan va kasallik rivojlanganlarda, shuningdek, past darajada CD4 genomi mavjud bo‘lgan va virus yuklamasi yuqori bo‘lganlarda, bundan tashqari, antiretrovirus davo olmaydigan bemorlar kasalliklarning asoratlari va infeksiya yuqish yuqori xavf guruhiga kiradilar.

Barcha OIV mavjud bo‘lgan yoki nazorat qilish qiyin bo‘lgan OIV bo‘lganda qo‘shimcha ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.

Hozirgi kunda OIV mavjud bo‘lganlar va oddiy aholi orasida COVID-19 bilan zararlanish xavfi yoki uning asoratlari to‘g‘risida ishonchli farq ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘q.

Mavzuga doir:
Karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas – shtab a’zosi
Koronavirus bolalarda qanday kechadi?

OIV mavjud bo‘lgan ba’zi bemorlarda COVID-19 asoratlarining ma’lum xavf omillari, ya’ni qandli diabet, gipertoniya va boshqa infeksion kasalliklar kuzatilishi mumkin.

Shunga ko‘ra, OITS bilan og‘riganlarda COVID-19 og‘ir kechishi xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.