Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran Xarkov yaqinidagi An-26 samolyoti halokatida 26 nafar qurbonlarning har birining oilalariga 1,6 million grivna (taxminan 55 ming AQSh dollari) to’lashga qaror qildi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi rahbarining o’rinbosari Igor Starobinskiy ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

“Mudofaa vaziri halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga bir martalik pul to’lashga qaror qildi. To’lovlar miqdori 750 ish haqi, ya’ni har biri uchun 1 million 576 ming grivnani tashkil etadi”, – dedi u hukumatning navbatdan tashqari yig’ilishida.

Starobinskiy to’lovlar Mudofaa vazirligi mablag’lari hisobidan amalga oshirilishini qo’shimcha qilgan.

Sal avval Prezident Vladimir Zelenskiy An-26’ga o’xshash samolyotlarda parvozlarni to’xtatishni buyurgani aytilgandi.

Eslatib o’tamiz, An-26 samolyoti kecha kechqurun Chuguyev shahri yaqinida o’quv reysi paytida halokatga uchragani xabar berilgandi.

Viloyat rahbari Aleksey Kucherning so’zlariga ko’ra, samolyotning chap motori ishlamay qolgan, ammo gubernatorning fikriga ko’ra, bu “tajribali uchuvchi” uchun juda muhim holat emas.

Mavzuga doir:
Meksikada o’g’irlab ketilgan samolyot Gvatemalada narkotik bilan qulab tushdi
Texasda samolyotning qulashi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Britaniyada 13 bolaning onasi o‘z joniga qasd qildi
Hindistonda turar-joy binosi qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo’ldi – OAV