Bir necha oy oldin Gamaleya markaziga koronavirusga qarshi vaksinani yaratish ishlari olib borilayotgan paytda xakerlar hujumlari bo’lgan, dedi markaz direktori Aleksandr Ginsburg. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: Sputnik

“Xakerlar hujumi bo’lgan, ammo ular emlash bilan bog’liqmi yoki yo’qmi, men IT mutaxassisi emasman, shuning uchun bu hujumlarning maqsadini professional darajada baholamoqchi emasman, lekin haqiqatan ham bizning ishlab chiquvchilarimizning kompyuterlarini buzishga urinishlar bo’lgan”, – degan Ginsburg.

Uning aniqlik kiritishicha, hujumlar bir necha oy oldin, vaksina ishlab chiqilayotgan paytda bo’lgan.

Mavzuga doir:
Koronavirusdan oʻlim xavfini ancha pasaytiruvchi vitamin aniqlandi
O‘zbekiston koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Rospotrebnadzor turli xil vaksinalar yutuq va kamchiliklarini aytdi

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.