Maktab va oliy ta’lim muassasalarda katta tanaffus vaqtida “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari joriy etiladi. Bu borada ommaviy sportni rivojlantirishga oid prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Google

Qaror loyihasiga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalarida darslar oralig‘ida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari B. Musayev Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:

  • umumta’lim maktablarida 2020/2021 o‘quv yilidan jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 3 soatdan o‘qitishni tashkil etadi;
  • O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta’lim maktablarini kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan milliy sport turlariga ixtisoslashtiradi.

Mavzuga doir:
Faoliyati qoniqarsiz mahalla raislari muddatidan oldin ishdan olinadi
Mahalla muammolarini eshitish uchun Call-markaz tashkil etiladi

Prezident maslahatchisi A. Abduvohidov esa ushbu topshiriqlarning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.