U faoliyatini APL grandi safida davom ettiradigan bo‘ldi, deya ma’lum qilmoqda “Sports” nashri.

Foto: Sports

Londonning “Chelsi” klubi “XIK” jamoasi a’zosi Jimmi Tauriaynen bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

16 yoshli finlyandiyalik futbolchi bu haqida o‘zining instagram sahifasi orqali ma’lum qilgan.

“Chelsi” bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Bu klub libosini kiyish men uchun sharaf bo‘ladi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat, deydi Jimmi.