Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov viloyatida qulagan An-26’ga o’xshash samolyotlarda parvozlarni halokat sabablari aniqlanmaguncha to’xtatib turishni buyurdi, dedi Prezident devoni rahbarining o’rinbosari Oleg Tatarov.

Foto: RIA Novosti

“Prezident fojia sabablari aniqlanmaguncha shu kabi samolyotlar ishtirokidagi har qanday parvozlarni to’xtatish to’g’risida ko’rsatma berdi. Mudofaa vaziri va Bosh shtab rahbari allaqachon buyruqni bajarishga kirishgan”, – degan Tatarov “Ukraina24” telekanali efirida.

Eslatib o’tamiz, An-26 samolyoti kecha kechqurun Chuguyev shahri yaqinida o’quv reysi paytida halokatga uchragani xabar berilgandi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, samolyot bortida 27 kishi bo’lgan: yetti nafar ekipaj a’zosi va 20 nafar kursant, bitta kursantga esa uchish taqiqlangan.

Viloyat rahbari Aleksey Kucherning so’zlariga ko’ra, samolyotning chap motori ishlamay qolgan, ammo gubernatorning fikriga ko’ra, bu “tajribali uchuvchi” uchun juda muhim holat emas.

Mavzuga doir:
Meksikada o’g’irlab ketilgan samolyot Gvatemalada narkotik bilan qulab tushdi
Texasda samolyotning qulashi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Britaniyada 13 bolaning onasi o‘z joniga qasd qildi
Hindistonda turar-joy binosi qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo’ldi – OAV