Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot va farmatsevtika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kredit-modul o‘qitish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Sputnik

O‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari, birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida tinglovchilari hamda klinik ordinator (rezident)lar bilimini nazorat qilish va baholashning kredit-modul tizimi o‘quv jarayonining quyidagi shakllaridan iborat:

  • auditoriya mashg‘ulotlari — ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv (klinik) amaliyoti;
  • auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar — ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi (loyihasi), bitiruv malakaviy ishi, ta’lim oluvchilar ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va h.k.

Modullar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

  • kredit birliklarini hisobga olgan holda o‘quv rejadagi har bir moduli uchun dasturlar;
  • har bir modulning auditoriya ishi: ma’ruzalarning matn va prezentatsiyalari, nazariy, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulot rejalari, multimedia bilan ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarni va kompetensiyalarni o‘zlashtirishi uchun jihoz va simulyatorlar (trenajyorlar);
  • ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashi: uy vazifasi uchun matnlar to‘plami, har bir modul uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish materiallari, referat va kurs ish (loyiha)lari mavzulari, elektron kutubxona, videoteka (video kutubxona), amaliy ko‘nikmalar va kompetensiyalarni o‘zlashtirishi uchun jihoz va simulyatorlar (trenajyorlar);
  • ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish: testlar, har bir modul uchun nazorat savollari, jumladan, ob’yektiv tizimlashtirilgan klinik imtihon (OSCE), ob’yektiv tizimlashtirilgan imtihon (OSE) va boshqalar uchun topshiriqlar;
  • amaliyot o‘tkazish: tashkilot (muassasa)lar bilan shartnomalar tuzish, o‘quv va ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi (loyihasi), bitiruv malakaviy ishini o‘tkazish rejalari va dasturlari, hisobot hujjatlari shakllari va boshqalar;
  • magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat yuritish: ilmiy-tadqiqot ishi, ilmiy amaliyot va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash uchun mavzu va materiallar, hisobot hujjatlari shakllari va boshqalar.

O‘quv rejasidagi barcha turdagi o‘quv ishlarining yuklamalari kreditlar (kredit birliklari)da belgilanadi. 1 kredit (kredit birligi) ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olgan holda Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi, kamida 30 va 36 gacha akademik soatga teng belgilanishi mumkin.

Mavzuga doir:
Faoliyati qoniqarsiz mahalla raislari muddatidan oldin ishdan olinadi
Mahalla muammolarini eshitish uchun Call-markaz tashkil etiladi
Olis hududlarda ishlash uchun boradigan xodimlar rag‘batlantiriladi

Dasturlarning yuklamalari quyidagilardan iborat:

  • o‘rta maxsus professional ta’lim yo‘nalishlarida kamida 60 kredit bir o‘quv yili davomida ta’lim oluvchining to‘liq yuklamasiga, kamida 30 kredit esa bir o‘quv semestriga to‘g‘ri keladi;
  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida kamida 60 kredit bir o‘quv yili davomida ta’lim oluvchining to‘liq yuklamasiga, kamida 30 kredit esa bir o‘quv semestriga to‘g‘ri keladi;
  • magistraturada kamida 72 kredit bir o‘quv yili davomida ta’lim oluvchining to‘liq yuklamasiga, kamida 36 kredit esa bir o‘quv semestriga to‘g‘ri keladi;
  • klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda — kamida 72 kredit bir o‘quv yili davomida ta’lim oluvchining to‘liq yuklamasiga, kamida 36 kredit esa bir o‘quv semestriga to‘g‘ri keladi.

Magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)da, birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda semestr yakuni bo‘yicha attestatsiya (yarim yillik, yillik) o‘tkaziladi.