Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati

Yozyovon tumanida 25-sentyabr kuni Q.Yo. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasini Qatortol MFY hududida boshkarib ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan X.Sh. boshqaruvidagi “TTZ” rusumli traktorning pritsepiga urilishi oqibatida, “Nexia” avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi I.Sh. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, haydovchisi “Nexia” rusumli avtomashinasi Q.Yo. va yo‘lovchilar M.M. hamda U.T.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Namanganda avtohalokat oqibatida 6 yoshli qizaloq qurbon bo’ldi