Ushbu ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ya’ni, meva-sabzavot, qandolatchilik va qayta ishlangan oziq-ovqat sanoati eksponatlari alohida milliy stendlarda namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Google

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish va yanada kengaytirish, shuningdek, Rossiya ishbilarmonlik doiralari va jamoatchilikni mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan keng tanishtirish hamda respublika eksport hajmlarini oshirish maqsadida:

Rossiya Federatsiyasining 4 ta yirik:

  • 26-oktabr – 1 noyabr kunlari Samara shahri;
  • 23-24 noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahri;
  • 1-2 dekabr kunlari Qozon shahri;
  • 15-16 dekabr kunlari Moskva shahrida.

“Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu ko‘rgazmalarda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkor va eksportyorlar joriy yilning 30-sentabr kuniga qadar Vazirlikning Tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish va tahlil boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston Indoneziyaga kimyoviy o‘g‘itlar eksportini kengaytiradi
Namanganda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oshdi