Farg‘ona viloyatini Andijon viloyati bilan bog‘lovchi Quva–Asaka, Shahrixon–Quva, Marhamat-Quva yo‘li bugundan boshlab ochildi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Foto: O’zA

Karantin davrida beton to‘siqlar bilan yopib qo‘yilgan bu yo‘llar cheklovlar yumshatilgan bo‘lsada, ochilmay kelayotgan edi. Ortiqcha ovoragarchiliklar aholining e’tirozlarga sabab bo‘layotgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham mazkur mavzu ko‘tarilgan bo‘lib, viloyat hokimligi tomonidan yo‘llar ta’mirlanayotganligi bildirilgan.

Bugundan boshlab fuqarolar ushbu yo‘ldan hech bir cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, kecha, 25-sentabr kuni Xayrullo Bozorov Farg’ona viloyati hokimi etib tayinlangani xabar berilgandi. Sobiq hokim Shuhrat G‘aniyev esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlashi aytilgandi.