Bugun ertalab Xitoyning janubi-g’arbiy qismidagi Sichuan viloyatida bortida yo’lovchilari bo’lgan vertolyot qulab tushdi, deb xabar bermoqda Pengpay nashri.

Foto: Google

Hodisa Sichuan viloyatining Aba-Tibet-Tsyan avtonom prefekturasi Xeyshuy okrugidagi tog’li hududda sodir bo’lgan.

Mahalliy guvohlarning so’zlariga ko’ra, vertolyot yo’lovchilari orasida yaradorlar bor.

Nashrga ko’ra, politsiya ushbu hududda vertolyot bilan favqulodda vaziyatni tasdiqlagan. Hozirda halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o’tamiz, kecha kechqurun Ukrainada bortida 27 kishi bo’lgan An-26 harbiy samolyot qulab tushgani haqida xabar berilgandi.