Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida ochilgan laboratoriyada bir oyda 1 millionga yaqin test ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasidagi nutqida ma’lum qildi.

Foto: Farg’ona viloyat hokimligi axborot xizmati

Boshida test vositalari Xitoydan xarid qilib kelingan. Mavjud laboratoriyalarda sanitariya holatlari yaxshi emasdi. Qisqa vaqt ichida 170 dan ortiq test laboratoriyalari xarid qilindi.

Testni o‘zimizda chiqarishga erishdik. Hozirgi kund bir oyda 1 millionga yaqin testlarni Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida ochilgan laboratoriyada yo‘lga qo‘yildi, – dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Behzod Musayev mamlakatdagi tibbiy hamda dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojning ham bosqichma-bosqich qondirilayotganini ta’kidlagan.

– 15-martda boshlangan karantin paytida oddiy niqobga bo‘lgan ehtiyoj qondirilmagan edi. Mana shu qisqa davr ichida 200 dan ortiq korxonalar kuniga 7 million niqobni ishlab chiqaryapti.

Yurtimizda farmsanoat oxirgi uch yilda keskin rivoj topyapti. Bular qatoriga qonni suyultiruvchi “Geparin”, “Enoksaparin”, bundan tashqari, kerakli garmon vositalari “Deksametazon”, bularning hammasi hozir O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.

Shu haftadan boshlab o‘pka yallig‘lanishida samarasini berayotgan “Remdesivir” dorisi ham ishlab chiqarilib, ro‘yxatga olindi.

Shu bilan bir qatorda, qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Gruziya, Turkmaniston mamlakatlariga eksport qilib kelyapmiz, – dedi bosh vazir o‘rinbosari xalqaro press-klubning 25-sentabr kuni o‘tkazilgan sessiyasida.

Mavzuga doir:
Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish tartibi o‘zgardi

Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi biotexnologlari tomonidan COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusini aniqlovi PZR test tizimi ishlab chiqilgandi.