Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX va IIBB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, litsenziya olmasdan, boshqa fuqaroga bitkoin kriptovalyutasini sotayotgan shaxs ushlandi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Bir bitkoin elektron pul birligini “qora bozor” narxida $10 463 AQSh dollarida hisoblab, 20 bitkoin elektron pul birligini $208 320 AQSh dollariga baholab, o‘zining 7 foizlik ustamasini qo‘ygan holda jami $224 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, xaridordan $224 ming AQSh dollarini sanab olib, dastlab qiymati $100 ming AQSh dollari bo‘lgan 9,5 bitkoin elektron pul birligini elektron hamyonga tashlab bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbirda fuqarodan jami $402 071 AQSh dollari vaqtincha olib qo‘yildi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Farg’onada o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan firibgar sud qilindi
Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotini 15 nafar a’zosi qo‘lga olindi