Seshanba kuni Ispaniyaning Barselonadagi kimyoviy zavodidagi portlashda kamida bir kishi halok bo’ldi. Bu haqida Kataloniyaning fuqaro mudofaasi bo’yicha Twitter dagi nashrida aytilgan.

Foto: Google

“Barselonadagi <…> sinov maydonchasidagi korxonada bir kishi qurbon bo’lgan” deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Twitterdagi mintaqaning favqulodda vaziyatlar xizmatining xabariga ko’ra, voqeada olti kishi jarohat olgani aytiladi.

Voqea joyida 11 yong’in brigadasi ishladi. Portlash sabablari hozircha aniqlanmagan.