Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabariga ko’ra, “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4842, 25.09.2020 y).

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning elektron yuk xatiga oid Qo‘shimcha bayonnomasiga (Jeneva, 2008-yil 20-fevral) qo‘shildi.

Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul organ etib belgilangan.

Mavzuga doir:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Kadastr agentligiga direktor tayinlandi