Abituriyentlar maxsus bot orqali test natijalarini bilishlari mumkin.

Foto: O’zA

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili uchun 2020 yil 16-17 sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari O‘zbekiston musulmonlari idorasining @mandat_muslim_uz_bot Telegram boti orqali e’lon qilindi.

Abituriyentlar mazkur botda shaxsiy DTM maxsus kodini kiritish orqali o‘zining test sinovi natijalarini bilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25-sentabr kuni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilingandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni tashkil etgan.