Ular qo‘mitaning yangi raisi Shavkatjon Abdurazzaqov bilan uchrashib, yangi lavozim bilan qutladi va shahar hokimligining tashakkurnomasini topshirdi. Bu haqida Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

Sobiq Namangan shahar hokimiga milliy udumlarga muvofiq to‘n kiygizildi va poytaxtdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, sal avval sobiq Namangan shahar hokimi Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.