Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov deoartamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkent viloyatida shu yilning 13-sentabr kuni soat taxminan 17:30 dan 21:00 largacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs Zangiota tumani, Xonabod hududi, Bobur mahallasida yashovchi 31 yoshli M.Yu., ning yashash xonadoniga devordan oshib o‘tish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyining yotoqxonasida turgan shkaf ichidagi kiyimlar orasida bo‘lgan jami 5300 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarni, jovon ustidagi uch dona “RED-Mi” rusumli telefon apparatlari, otasi M.Yu., ning yotoqxonasidagi shkaf ichidan 1 800 000 so‘m miqdorida naqd pul hamda jovon tortmasidan umumiy bahosi 20 000 AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lgan 16 dona turli xildagi ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Samarqandda YPX inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo’lga olindi
Britaniyada o‘g‘rini eshik ushlab berdi
Chelyabinskda politsiya geroin sotayotgan 90 yoshli kampirni qo‘lga oldi

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi, 33 yoshli S.B., sodir etganligi aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha S.B., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.