Bu haqida “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar bermoqda.

uzbekistan airways samolyot
Foto: Google

Shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, 2020-yil 11-martdan 31-avgustgacha O’zbekistondan Dubay va Sharjaga ikkala tomonga bo’lgan yo’nalishlardagi qatnovlarda bepul yuk tashish normasi oshirildi. Ekonom klass uchun 40 kg, biznes klass uchun esa 50 kg tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, “Uzbekistan Airways” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” bayram munosabati bilan chegirmalar e’lon qilgan edi.