Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 28-sentabrida Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Sochida uchrashadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“2020-yil 28-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga amaliy tashrif bilan keladigan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Sochida uchrashadi”, deyilgan xabarda.

Uchrashuvda Rossiya-Qirg‘iziston strategik sherikligi va ittifoqini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikka, shuningdek, Yevroosiyo makonida integratsion aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. 

Jeenbekov Rossiyaga oxirgi marta Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan G‘alaba paradini nishonlash uchun borgan edi.

Mavzuga doir:
Putin nomzodi Nobel mukofotiga ilgari surildi
BMT “kovid”ga qarshi vaksina taklifi uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi

Lekin, Moskvadagi tantanalarda qatnashishdan bosh tortishga majbur bo‘lgan. Chunki Qirg‘iziston delegatsiyasining ikki a’zosiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi.