Avval xabar berganimizdek, 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Foto: Google

DTMning xabar berishicha, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019 yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020 yil 26-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

Mavzuga doir:
Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi qanday?