Chelyabinsk viloyatida politsiya 90 yoshli rossiyalik kampirni geroin bilan savdo qilgani uchun hibsga oldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari xabar bedi.

Foto: TASS

Nafaqadagi ayol 23-sentabr kuni 10 gramm giyohvand modda sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Taqiqlangan moddaning og‘irligi katta partiya hisoblanadi, shu bois ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar gumonlanuvchini uy qamog‘iga olish masalasini hal qilishmoqda.

Tergov jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari pensionerning real aybdorlik darajasini, shuningdek, bu harakatlarini mustaqil bajargan yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rmoqchi.

Mavzuga doir:
Moskvada oʻzini oʻzi yakkalash tartibi yana kuchaytirildi
Andijondan fuqarolar Moskva va Chita shaharlariga ishga jalb qilinadi