Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda fransuz rejissyori, ssenariychi va aktyor Ejen Grin tibbiy niqob taqishdan bosh tortgani uchun akkreditatsiyadan va tanlovdan chetlashtirildi, deb xabar berdi EFE agentligi.

Foto: Iz RU

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, film namoyishi paytida rejissyordan besh marta niqob taqish so‘ralgan, ammo Grin rad etgan. Nihoyat, fransuz rejissyori zaldan haydaldi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy huquqni muhofaza qilish idoralari aktyorni sudga beri to‘g‘risida ogohlantirgan.

28-avgust kuni Parij hukumati aholiga ko‘chalarda yurish paytida niqob taqishni buyurdi. 26-avgustda xuddi shu qarorni Marsel hukumati qabul qildi.

Ko‘chada yoki do‘konda niqobsiz yurganlarga 135 yevro jarima solinadi. Agar yana qoidalar buzilsa, jarima miqdori 1,5 ming yevroga ko‘payishi mumkin.

Mavzuga doir:
Ispaniyalik yarim himoyachi “Liverpul” klubiga o‘tdi
Koronavirus Ispaniya va Fransiyada yana shiddat bilan tarqalmoqda