26-27 sentabr kunlari Yerda magnit boʻronlari boshlanishi mumkin, bu haqda “Fobos” markazi xabar qildi.

Foto: Google

“Shanba kuni Yer magnitosferasi biroz bezovtalanadi, faollik choʻqqisi yakshanba kuniga toʻgʻri keladi, unda maʼlum soatlarda G1 darajadagi kuchsiz magnit boʻronlar paydo boʻlishi mumkin”, – deyilgan xabarda.

Dushanba kundanoq geomagnit maydon tinchlana boshlaydi va haftaning oʻrtalariga kelib tinchlanadi.

Mavzuga doir:
Avgust oyida kuchli magnit bo‘ronlari kutilmoqda
Xitoyda 6,4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

Eslatib o’tamiz, avvalroq O’zbekistonda yaqin kunlarda havo haroratining pasayishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.