Bugun, 25-sentabr kuni “Katta yettilik” (G7) mamlakatlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, AQSh, Kanada va Yaponiya moliya vazirlari ishtirokida onlayn konferensiya o‘tkazilishi haqida “Reuters”ga tayanib TASS xabar bermoqda.

Foto: Google

Xabarga ko‘ra, ilg‘or mamlakatlar koronavirus pandemiyasi davridagi global iqtisodiy vaziyatni tahlil qilishadi. Xususan, kambag‘al mamlakatlar qarz majburiyatlarini yengillashtirish bo‘yicha tashabbus muhokama qilinishi kutilmoqda.

2020-yil aprelida G20 kambag‘al mamlakatlarga tashqi suveren qarzlarni to‘lashni yil oxiriga qadar to‘xtatib turish imkonini bergandi.

Shu tariqa $20 mlrd.dan ziyod erkin pullarni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga ishlatish ko‘zda tutilgandi.

Mavzuga doir:
Tramp Putinni G7 uchrashuviga taklif qilish istagini bildirdi
Yaponiya G7 sammitida Janubiy Koreyaning ishtirokiga qarshi chiqdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda jahon iqtisodiyoti 5 foizga pasayishi, ammo keyingi yildan tiklanib, 5,4 foizga o‘sishi kutilyapti.