Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departament xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

21-sentabr kuni soat 09:00 lar atrofida Denov tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri jarayonida, Denov tumanida yashovchi 43-yoshli Sh.X., ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidagi anor daraxtlari orasida 6 tup o‘tkir hidli, yashil rangli, nasha giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simliklarni ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib fuqaro Sh.X., ning yashash uyi xonasi ko‘zdan kechirilganida xona ichida 800 dona “Sipichki” yozuvli gugurt qutida maxsus joylangan yashil rangli o‘tkir hidli maydalangan o‘simlik barglari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rishlik uchun tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Sh.X., ning yashash uyi tomorqasidan olingan o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan 6 tup o‘simlik tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan “nasha” o‘simliklar ekanligi, Sh.X., ning yashash uyi xonasidan olingan och-yashil rangli, o‘tkir hidli quruq holdagi moddalar tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, “marixuana” deyiladi, sof vazni 5 kilogramm 870 gramm 10 miligram ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Taqiqdagi “Malibu-2”ni fuqaroni aldab 28 000 dollarga sotgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
Surxondaryoda “Captiva”ni olib qochgan shaxs qamoqqa olindi
Qashqadaryoda erkak o‘z “shishadoshi”ni janjalda pichoqlab qo’ydi
Sirdaryoda 6 oy avval sodir etilgan jinoyat tergov yo‘li bilan fosh etildi

Jinoyat ishida Sh.X., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.