Foto: Aniq.uz

Har bir shaxs borki o`zining huquqlarini poy-mol bo’lmasligini istaydi,shu maqsadda telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali Istemolchilarning qanday huquqlari bor degan savolga javob berdi.

Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

  • Tovar (ish, xizmat haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
  • Tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;
  • Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
  • Hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq qoplanishi;
  • Buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
  • Iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.

Iste’molchilarning ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.