Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 25-sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 107 590 kishiga yetdi. Bemorlarning 102 360 nafari butunlay tuzaldi. 1699 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 25-sentabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 175 kishiga ko’payib, jami 45 932 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 1063 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 42 147 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 25-sentabr holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 9520 tani tashkil etmoqda va jami 74 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 8296 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 25-sentabr holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 39 170 nafarni tashkil etmoqda. 1451 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 32 619 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Mavzuga doir:
Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin – Boronov
Qozog‘iston vaksinasi yuqori baholandi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 32 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 981 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.