“Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (135-son, 09.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” xabar bermoqda.

Foto: Google

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi bog‘chalar sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi.

Foto: Huquqiy axborot

Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari o‘zgardi.