Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar to‘plami doirasida rasmiylar sonini 10-15 foizga qisqartirmoqchi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar beradi.

Foto: RIA Novosti

Koronavirus pandemiyasi sababli o‘yinlar mart oyida qoldirilgan edi. Endi tashkilotchilar ham, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ham misli ko‘rilmagan bir yillik kechikish tufayli qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirmoqchi.

Xususan, tashkiliy qo‘mita ob’ektilarni yorug‘lashtirish va qo‘shimcha energiya manbalari sonini kamaytiradigan infratuzilmani isloh qilishni taklif qildi. O‘yinlarni yengillashtirish bo‘yicha 52 punk hisobga olingan.

Qayta ko‘rib chiqish rejasiga ko‘ra, Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlariga taklifnomalar soni 20 foizga qisqartiriladi, oziq-ovqat va ichimliklar menyusi qayta ko‘rib chiqiladi.

Endi Olimpiadada qatnashadigan rasmiylar va ular bilan bog‘liq guruhlar jamoat transportidan foydalanishlari kerak.

Maʼlumot uchun, Olimpiya oʻyinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustigacha oʻtkazilishi kerak edi. Ammo, XOQ 24-mart kuni oʻyinlar 2021-yilga koʻchirilganini eʼlon qildi.