Budapeshtdagi “Pushkash-Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan UEFA Superkubogida YChL g‘olibi “Bavariya” Yevropa ligasi chempioni “Sevilya”ni qiyinchilik bilan taslim etdi. 

Foto: Sports

O‘yinning birinchi taymida Okamposning goliga evaziga “Sevilya” hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, “Bavariya” Goretskaning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi taymda ham kuchlar teng kelib, gol kiritilmadi va bahs taqdiri qo‘shimcha bo‘limlarda hal qilinadigan bo‘ldi.

Qo‘shimcha bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Xavi Martines gol urib, myunxenliklarga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa “Bavariya” o‘z tarixida ikkinchi bor UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Bavariya – Sevilya 2:1

Gollar: Goretska (34), Xavi Martines (104) – Okampos (13, penalti).

Bavariya – Noyer, Alaba (Boateng, 112), Ernandes (Devis, 99), Pavar, Zyule, Myuller, Kimmix, Gnabri, Goretska (Martines, 99), Sane (Tolisso, 70), Levandovski.

Mavzuga doir:
Ispaniyalik yarim himoyachi “Liverpul” klubiga o‘tdi
“Bavariya” YeChL finalida “PSJ”ni mag‘lub etdi

Sevilya – Bunu, Eskudero, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Rakitich (Oliver Torres, 56), Jordan (Vaskes, 94), Suso (Gudel, 73), Fernando, Okampos, de Yong (En-Nesiri, 56).

Ogohlantirishlar: Alaba (12) Jordan (45+1), Kunde (55), Fernando (70), Ernandes (90+1),