Pandemiya boshlanganidan buyon Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlarning kunlik eng yuqori ko’rsatkichi qayd etildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Foto: RIA Novosti

Mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, yangi kasallanganlar soni 6634. Kun davomida infeksiyadan 40 kishi vafot etdi.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 416 mingdan oshdi, 41 902 kishi esa kasallik qurboniga aylandi.

Avvalroq Bosh vazir Boris Jonson koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan bir qator yangi cheklovlarni e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Hukumat kasallarning ko’payishi bilan qat’iy izolyatsiya qilinishini istisno etmagan. Shuningdek, mamlakatda karantinni buzganlarga jarima miqdori oshirilgani haqida ham aytilgandi.

Mavzuga doir:
Britaniya 2030-yildan benzinli avtomobillarni sotishni taqiqlamoqchi
Britaniyada 13 bolaning onasi o‘z joniga qasd qildi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 32 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 978 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.