Avvalroq Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan kelishuvga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Transport vazirligi

Bugun ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 17 nafari Moskva shahridan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelingan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

Mavzuga doir:
Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyadan kelgan 900 nafar oʻzbekistonliklarni qabul qildi
Rossiyadan maxsus poyezd orqali O’zbekistonga qaytayotgan fuqaro vafot etdi