WhatsApp᾽da vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beruvchi yangi Expiring Media funksiyasi paydo boʻldi. Bu haqda “WeBetaInfo” xabar qildi.

Foto: Tek

Yangilik bilan foydalanuvchilarga ikkinchi tomon ochib koʻrishi va yozishmalardan chiqishi bilan oʻchib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborish imkonini beradi. Bunday imkoniyat foydalanuvchi oʻta shaxsiy mediafayllarini yubormoqchi boʻlganda asqotishi taxmin qilinyapti.

Foydalanuvchilar chalgʻib ketmasligi uchun yoʻqolib ketuvchi xabarlar odatiylaridan grafik jihatdan farq qiladi.

Mavzuga doir:
WhatsApp foydalanuvchilari soni 2 milliardga yetdi
WhatsApp’da endi videochat orqali sakkiz kishi bog‘lana oladi

Funksiya dasturning Android-smartfonlar uchun moʻljallangan beta-versiyasida mavjud. Keyinroq dastur yangilangandan keyin asosiy dasturda ham paydo boʻlishi kerak.