Koronavirus pandemiyasi dunyo xalqaro hamkorlik testidan oʻta olmaganini koʻrsatdi, deya bayonot berdi BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“Pandemiya – bu xalqaro hamkorlikni sinovdan oʻtkazgan davr boʻldi, biz undan oʻta olmadik”, – dedi Guterresh.

BMT bosh kotibi soʻzlariga koʻra, kasallik dunyo boʻylab bir million inson hayotiga nuqta qoʻygan, 30 milliondan koʻp kishi infeksiyani yuqtirgan, va kasallikni hech kim nazorat qilolmagan. “Bu global tayyorgarlik, birdamlik va hamjihatlikning yoʻqligidan dalolat”, – deb qoʻshimcha qilgan u.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida yana qanday takliflar aytildi?
Prezident transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etdi
Shavkat Mirziyoyev xalqaro kodeks ishlab chiqishni taklif etdi