Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gazkondensat konidagi 77-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati bu haqida ma’lum qilmoqda.

gaz quduq
Foto: Google

Ushbu quduqning 2322 – 2320m, 2294 – 2290m, 2262 – 2256m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 100 – 130 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Shimoliy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.