Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Belarusga safari bekor qilindi. Bu haqda uning matbuot kotibi Yuliya Mendel ma’lum qildi.

Foto: REUTERS / Stringer

Ta’kidlanishicha, Zelenskiy Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifi bilan oktabrda Belarusning Grodno shahriga tashrif buyurishni rejalashtirgan edi.  

Grodnoda Belarus va Ukraina hududlarining iqtisodiy forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Forumga Zelenskiy tashrif buyurishi kutilgan. 21-sentabrda Belarusning Kiyevdagi elchisi Igor Sokol Ukraina tomoni Minskga forumni bir yil keyinga ko‘chirish taklifi bilan murojaat qilganini ma’lum qilgan.

Avgust oxirida Ukraina tashqi ishlar vazirligi Belarusdagi noroziliklar ortida Minsk bilan barcha aloqalar to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Ukraina rasmiylari Belarusdagi namoyishlarning kuch bilan bostirilishini bir necha marotaba tanqid qilishgan hamda o‘z davlatida tahqirlanayotgan belaruslarga Ukrainada himoya taklif qilishgan. Zelenskiy va Lukashenko oxirgi marta Belarusda 9-avgustda o‘tgan saylovlar oldidan muloqot qilishgan.

Mavzuga doir:
“VKontakte” Ukrainadagi cheklovni chetlab o’tdi
Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidentini tabrikladi