Internet tarmog‘ida Rossiyaning Rostov viloyati Kamensk-Shaxtinskiy shahridagi palatkali lagerda vatandoshimizning vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, 2020-yil 19-sentabr kuni hamyurtlarimizni maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida yo‘lovchilardan biri – 1987-yil 13-sentabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.J. “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o‘zini yomon his qila boshlagan va u tez tibbiy yordam yetib kelgunicha vafot etgan.

Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu vatandoshimiz palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach, R.J. sog‘ligi yomonlashgani sababli 14-sentabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va shu yerdan “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallanganligi tasdiqlanmagan.

Mavzuga doir:
Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan 7 nafar fuqaro olib kelindi
Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyadan kelgan 900 nafar oʻzbekistonliklarni qabul qildi

Qayd etilishicha, tashkiliy va konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan keyin marhumning jasadi charter reys orqali Vatanga yuborilgan.