Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Abdumalik Ahadovich Jalilov Toshkent pediatriya tibbiyot institutining davolash ishlari bo‘yicha prorektori – mazkur institut klinikasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.

A. Jalilov ayni paytga qadar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining davolash ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga doir:
Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi ITS markaziga yangi rahbar tayinlandi
Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi