Xitoyning “Shanghai Electric Power Transmission & Distribution” kompaniyasi 500 kVli Gʻuzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmogʻini tiklash xalqaro tender tanlovida gʻolib boʻldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Google

“Loyiha doirasida 500 kVli Gʻuzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi”, – deyilgan xabarda.

Loyihaning dastlabki qiymati 25 million dollarni tashkil etadi.

Taʼkidlanishicha, loyiha Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir:
“Rosatom” rahbari Oʻzbekistonga safar qiladi
Energetika vaziri Turkiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi