Samarqand aeroportida Sankt-Peterburg shahridan amalga oshirilgan uchta charter parvozlari orqali 900 nafar yurtdoshimiz kutib olindi, deb xabar bermoqda “Samarqand xalqaro aeroporti” matbuot xizmati.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Bugun Samarqand xalqaro aeroporti Sankt-Peterburg shahridan iFLy va Azur aviakompaniyalarining “Airbus 330” va “Boing 737”, “Boing 767” havo kemalarini qabul qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga Rossiya shaharlaridan qaytayotgan vatandoshlarimiz parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatichga ega ma’lumotnomalarni taqdim etishlari hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 14 kunlik uy yoki mehmonxonalarda o‘zini-o‘zi yakkalashlari talab etilgan.

Mavzuga doir:
Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qoʻshimcha charter reys qoʻyildi
Samara viloyati chegarasidagi oʻzbekistonliklar uchun yana poyezdlar tashkil etiladi
Samarqandda Qozogʻiston bosh konsulxonasi ochilmoqda
Toshkent-Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Shundan so’ng, yo‘lovchilar anketa ma’lumotlarida keltirilgan yashash joylariga ko‘ra, o‘z manzillariga kuzatib qo‘yilgan.