Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi qaroriga koʻra Qahramon Tanzilovich Olimov Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Google

Maktabgacha taʼlim vazirligi xabariga koʻra, Qahramon Olimov 1967 yili tugʻilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.

Qahramon Olimov

2018 yildan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligining “Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish” boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

2018 yilgacha Buxoro muhandislik texnologiya institutining oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.